
Pure Milky qadoq dizayini
Loyiha haqida
Kontekst
Pure Milky qadoqlari 10 yildan beri deyarli o‘zgarmagan edi. Xaridorlar shu ko‘rinishga o‘rganib qolgani uchun dizaynni keskin yangila olmas edik. Lekin turli mahsulotlarning qadoqlari bir-biridan ancha farq qilardi — assortimentda yagona uslub yetishmasdi.
Vazifamiz brendning tanish ko‘rinishini saqlab, barcha qadoqlarni bir oilaga birlashtirish edi.
Ideya
Tanish dizaynni saqlagan holda kichik, lekin muhim o‘zgarishlar kiritdik va barcha mahsulotlarni yagona uslubga keltirdik.
Asosiy urg‘uni brendning tabiiyligiga berdik: endi har bir qadoqda mahsulotning «tabiiy» ekanligi alohida ta’kidlanadi. Xaridor endi bu xususiyatni qadoqning o‘zidayoq ko‘ra oladi.
Belgilar va ikonkalarni ham brendga moslab yangiladik. Ishlab chiqarish jarayonlarini esa bir xil uslubdagi, tushunarli infografika orqali ko‘rsatdik.





605 jamoasi
Creative Director: Otabek Sharapov
Mijoz
Pure MIlky

