
Najot ta’limda(mi?)
Loyiha haqida
Kontekst
Najot Ta’lim — zamonaviy kasblarni o‘rgatadigan o‘quv markazi. Brendni Toshkentda ko‘pchilik tanirdi, lekin vodiyda hali yaxshi bilishmasdi. Vodiydagi filial va onlayn platforma ishga tushishidan oldin Najot Ta’limni yangi auditoriyaga tanitish kerak edi.
Ideya
Yoshlar bilan o‘tkazgan tadqiqotimizda bir qarashga duch keldik: ko‘pchilik muvaffaqiyatni ta’limdan ko‘ra «tanka», diplom, chet elga ketish yoki boylikning tashqi belgilari bilan bog‘lardi.
Biz shu qarashlarni savolga aylantirdik: «Najot — diplomda?», «Najot — “tanka”da?», «Najot — surishda?», «Najot — dang‘illama to‘yda?»
Kampaniyaning birinchi bosqichida bu savollar bannerlarda brend nomisiz paydo bo‘ldi. Odamlarni to‘xtab, o‘zlari ishonadigan «muvaffaqiyat yo‘li» haqida o‘ylab ko‘rishga undadik.
Ikkinchi bosqichda esa savollarga javob berdik: bannerlardagi taxminlar ustidan chizilib, o‘rniga «TA’LIMDA» yozuvi tushdi. Najot Ta’lim nomi ham shu paytda ochildi.
Shu tariqa «Najot — ta’limda» degan fikrni brend nomi bilan bog‘ladik.

https://www.youtube.com/watch?v=QhoGiLknz4w





605 jamoasi
Creative director: Otabek Sharapov
Mijoz
Na'jot Talim
