Nima bo'lsa ham Flecha damla
Loyiha haqida
Kontekst
O'zbekiston global ruhiy farovonlik tadqiqotida eng quyi o'rinlardan birini egalladi. Buning sababini tushunish qiyin emas. Moliyaviy bosim. Ish. Tirbandlik. Shovqin. ljtimoiy bosim. Havo ifloslanishi.
Hayot tobora stressli bo'lib bormoqda. Ammo bir odat o'zgarmaydi: o'zbeklarga biroz tanaffus kerak bo'lsa, ular choy ichishadi. O'zbekis-ton bozoriga yangi kirib kelgan Flecha ko'k choyi uchun bu bir vaqt-ning o'zida ham muammo, ham imkoniyat edi.
Ideya
"Win or Lose, Brew Flecha" kampaniyasida biz o'zbekistonliklarning kundalik hayotidagi stressli vaziyatlarni oldik va nima bo'lishidan qat'i nazar, Flecha damlash uchun doim sabab borligini eslatdik.
Kampaniya avval OOH orqali - O'zbekiston bo'ylab billboardlar, avto-buslar va brendlangan avtomobillarda ishga tushdi. Har bir kommu-nikatsiya bir xil qoidaga asoslandi:
Bo'lsa - Flecha damlang. Bo'lmasa ham - baribir Flecha damlang.
Xotiningiz ketib qolsa - Flecha damlang. Qaytib kelsa ham.
Havo +45°C bo'lsa - Flecha damlang. -45°C bơ'lsa ham.
Xuddi shu mantiq kampaniyaning barcha kommunikatsiya nuqtalari-da davom etdi. Biz kampaniya tilini Flecha qadoqlariga ham ko'chird-ik. Har bir qadoqda hayotiy vaziyat aks etdi va shu orqali qadoqning o'zi ham kampaniyaning faol media kanaliga aylandi. Natijada Xabar nafaqat outdoor va digitalda, balki odamlarning uyida ham yashash-da davom etdi.
https://youtu.be/LRG76a-S3ds






605 jamoasi
Kreativ direktor: Otabek Sharapov
Kreativ jamoa boshi: Bekzod Nazirov
Kreativ kopirayter: Sharofiddin Nazirtoev
Kreativ dizayner: Mirmuxsin Mirakbarov
Art direktor: Shukurullo Khudayberidiev
Operatsion direktor: Abduvohid Mirsobitov
Mijoz
Flecha
