
Mevamobil
Loyiha haqida
Kontekst
Asil — tabiiy mevalardan tayyorlanadigan yangi sharbat brendi.
Bozorda deyarli har bir sharbat o‘zini «100% tabiiy» deb tanishtirgani uchun bu gaplar odamlar uchun oddiy reklama va’dasiga aylanib qolgan edi.
Bizning vazifamiz esa Asil'ning tabiiyligini odamlar ishonadigan tarzda ko‘rsatib, yangi brendga e’tibor jalb qilish edi.
Ideya
Biz tabiiylikni gapirish o‘rniga, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishga qaror qildik. Natijada — haqiqiy olmalardan mashina yasadik. Mevamobilni esa qimmatbaho avtomobillar turadigan joyga — Tashkent City Mall'ga joylashtirdik.
Har uchinchi odam mashina oldiga kelib suratga tushdi. Shu yerning o‘zida sharbat sotuvini ham yo‘lga qo‘ydik. *12 soat ichida barcha mahsulotlar sotilib bo‘lindi.
https://www.youtube.com/watch?v=xBLqCWpWBqA




605 jamoasi
Kreativ Direktor: Otabek Sharapov
Mijoz
Asil

